Maqsad, vazifa va funksiyalar.
TRIZning asosiy maqsadi – texnik tizimlarning rivojlanish qonuniyatlari,
algaritm va tendensiyalarni aniqlash va ulardan foydalanishdir. TRIZ shaxsning ijodiy salohiyatini rivojlantirish va turli sohalarda muammolarga ijodiy yechim izlashga mo’ljallangan.
TRIZning asosiy vazifasi – muammoni hal qilishda samarasiz va sifatsiz usullarni chetlab o’tgan holda unga eng muqobil yechim berishdir. Ya’ni TRIZ muammolarni ixtirochilik yo’li bilan hal qilishga imkon beradi va eng yuqori samaradorlikka erishga yordam beradi.
“TRIZ asoslari” kitobida V.Petrov TRIZning asosiy va yordamchi funksiyalari haqida batfsil bayon qilib o’tgan. TRIZning asosiy funksiyalar:
Har qanday murakkablikdagi muammoga ijodiy va samarali yechim berish;
Texnik tizimlarni rivojlanishini bashorat qilish va istiqbolli yechimlar bera olish;
Ixtirochilik zamirida insonning tabiiy tasavvur qobiliyatlarini uyg’otish va undan malakali foydalanish.