Oyning harakati, fazalari va davrlari

Слайд 2

REJA: Oyning Yer atrofidagi harakati-siderik davri. Oyning fazalari. Musulmonlarning Oy va

REJA:

Oyning Yer atrofidagi harakati-siderik davri.
Oyning fazalari.
Musulmonlarning Oy va Quyosh hijriy kalendarlari.
Quyosh

va Oy tutilishlari
Слайд 3

Oyning Yer atrofidagi harakati-siderik davri. Oy planetamiz Yerning tabiiy yo‘ldoshi bo‘lib,

Oyning Yer atrofidagi harakati-siderik davri.
Oy planetamiz Yerning tabiiy yo‘ldoshi bo‘lib, uning

atrofida 27,32 sutkalik davr bilan aylanadi. Bu davr Oyning siderik davri yoki yulduz davri deb yuritiladi. Oyning Yer atrofida aylanish yo‘nalishi, yulduzlarning Yer atrofidagi ko‘rinma aylanishiga qarama-qarshi bo‘lib, u g‘arbdan sharqqa (ya’ni Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanish yo‘nalishi bilan bir xil yo‘nalishda) harakat qiladi. Oyning o‘z orbitasi bo‘ylab harakat tezligi sekundiga 1 kilometrni tashkil etib, yulduzlarga nisbatan har sutkada taxminan 13° siljib boradi.
Слайд 4

Oy orbitasining tekisligi, Yerning Quyosh atrofida aylanish tekisligi (ekliptika) bilan 5°9'

Oy orbitasining tekisligi, Yerning Quyosh atrofida aylanish tekisligi (ekliptika) bilan 5°9'

li burchak tashkil qiladi. Qizig‘i shundaki, Oy o‘z o‘qi atrofida va Yer atrofida bir xil - 27,32 sutkalik davr bilan aylanadi. Oyning o‘z o‘qi atrofida va Yer atrofida aylanish davrlari o‘zaro teng bo‘lganidan Oy Yerdan qaraganda har doim bir tomoni bilan ko‘rinadi.
Слайд 5

Oyning sinodik davri Oyning ikkinchi davri esa ,uning Quyoshga nisbatan aylanish

Oyning sinodik davri

Oyning ikkinchi davri esa ,uning Quyoshga nisbatan aylanish davri

bo‘lib, u Oyning ma’lum bir fazasidan ikki marta ketma-ket o‘tishi uchun ketgan vaqtga aytiladi. Uning bu davri 29,53 sutka davom etadi va u sinodik davr deb ataladi.
Слайд 6

Oyning fazalari Ma’lumki, Oy Yer atrofida aylanayotganda, Quyosh nurlarini qaytarishi tufayli

Oyning fazalari

Ma’lumki, Oy Yer atrofida aylanayotganda, Quyosh nurlarini qaytarishi tufayli bizga

ko‘rinadi. Bu ko‘rinish, ayni o‘sha paytda Oyning Quyoshga nisbatan qanday joylashishiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Yerdan qaraganda Oyning turli shakllarda (yangioy, yarimoy, to‘linoy) ko‘rinishi uning fazalari deyiladi.
Слайд 7

Quyosh va Oy tutilishlari Oy Yerning atrofida aylanayotib, ba’zan Quyoshni bizdan

Quyosh va Oy tutilishlari

Oy Yerning atrofida aylanayotib, ba’zan Quyoshni bizdan to‘sib

o‘tadi. Bunday hol Quyosh tutilishi deyiladi. Bu hodisa har doim Oyning yangioy holatida ro‘y beradi. Bunda Quyosh bilan yoritilayotgan Oyning soyasi va yarimsimon Yer sirtiga tushadi.
Слайд 8

Agar bunda Yerdagi kuzatuvchi Oyning soyasi ichida (O) qolsa, u Quyoshni

Agar bunda Yerdagi kuzatuvchi Oyning soyasi ichida (O) qolsa, u Quyoshni

qisqa vaqtga (bir necha daqiqa) butunlay ko‘rmaydi, ya’ni uning uchun Quyosh to‘la tutiladi. Yerdagi kuzatuvchi Oyning yarimsoyasi ichida (A yoki B nuqtasida) qolsa, unda u Quyoshning bir qismini to‘silgan holda ko‘radi, ya’ni Quyosh qisman tutilayotgan bo‘ladi. Ba’zan Quyoshning tutilishi halqasimon bo‘ladi.
Слайд 9

Oy tutilishi Yerning ma’lum bir joyida Quyosh tutilishiga nisbatan Oy tutilishlari

Oy tutilishi
Yerning ma’lum bir joyida Quyosh tutilishiga nisbatan Oy tutilishlari ko‘proq

kuzatiladi. Chunki Quyosh tutilishlari Yerning Oy soyasi tushgan va uncha katta bo‘lmagan maydonidagina kuzatiladi. Oy tutilishi esa, Yerning Quyoshga qarama- qarshi yarimsharining hamma qismida bir vaqtda ko‘rinadi.
Слайд 10

Oyning to‘la tutilishi paytida (ya’ni u Yer soyasiga butunlay kirganda), Oy

Oyning to‘la tutilishi paytida (ya’ni u Yer soyasiga butunlay kirganda), Oy

ko‘zdan butunlay g‘oyib bo‘lmay, to‘q qizil rangda jilolanadi. Buning sababi, bu paytda Yer atmosferasida sochilgan va singan Quyosh nurlari bilan Oyning yoritilishidir. Bunda Yer atmosferasi ko‘k va havorang nurlarni kuchli yutib va keskin sochib yuborib, Oy tomonga asosan qizil nurlarni sindirib o‘tkazadi. Natijada Oy aynan shu nurlar bilan yoritiladi va qizarib ko‘rinadi.