Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati

Содержание

Слайд 2

Darsning o‘quv maqsadi: Talabalarga Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar haqida

Darsning o‘quv maqsadi: Talabalarga Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar

haqida ma’lumot berish.
Tayanch iboralar: Mustaqillik deklaratsiyasi, “Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risida shartnoma”, “9+1” , “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti”, Islom Karimov – Mustaqil O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti, O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li.
Слайд 3

Reja: 1. Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol. 2. O’zbekiston

Reja:
1. Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol.
2. O’zbekiston Respublikasi

mustaqilligining e’lon qilinishi.
3. Mustqail O’zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida Islom Karimovning tarixiy hizmatlari.
Слайд 4

O‘zbekiston Respublikasining rahbari I.A. Karimov 1989 yil 20 sentabrda Moskvada bo‘lib

O‘zbekiston Respublikasining rahbari I.A. Karimov 1989 yil 20 sentabrda Moskvada

bo‘lib o‘tgan KPSS MQ sining plenumida so‘zlagan nutqida respublikalar bilan Ittifoq o‘rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo‘yishni ko‘zda tutadigan yangi shartnoma ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risida o‘z fikrini bildirib: „ Biz Ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o‘zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo‘yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz“, - degan edi.
Слайд 5

1990 yil 18 iyun kuni XII chaqiriq respublika Oliy Kengashining ikkinchi

1990 yil 18 iyun kuni XII chaqiriq respublika Oliy Kengashining ikkinchi

sessiyasi ochildi. Deputatlarning taklifi bilan O‘zbekistonning Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilish masalasi sessiya kun tartibiga kiritildi. Oliy Kengashning doimiy komissiyalari, faol deputatlar va huquqshunos mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan Mustaqillik deklaratsiyasi matni sessiyada qizg‘in muhokama qilindi va 20- iyun kuni qabul qilindi.
Слайд 6

Mustaqillik deklaratsiyasi 12 banddan iborat Unda shuday so’zlar bitilgan. O’zbek xalqining

Mustaqillik deklaratsiyasi 12 banddan iborat

Unda shuday so’zlar bitilgan.
O’zbek xalqining

davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari, xar bir millatning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini taminlashdan iborat oliy maqsad haqi, har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad deb bilgan holda, O’zbekiston xalqining kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsplariga asoslanib, O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qiladi
Слайд 7

Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi mamlakatimizning tom ma’nodagi, haqiqiy mustaqillikka erishish yo‘lida

Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi mamlakatimizning tom ma’nodagi, haqiqiy mustaqillikka erishish yo‘lida

muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shundan e’tiboran mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal etila boshlandi. O‘zbekistonning mustaqillik sari intilayotgani uning yangi Ittifoq shartnomasini ishlab chiqish jara-yoniga respublika manfaati nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda, qat’iylik bilan yondashayotganida yaqqol namoyon bo‘ldi.
Слайд 8

1991 yil aprelda Kiyevda Ukraina, Rossiya, Belarus, O‘zbekiston, Qozog‘iston Respublikalari rahbarlarining

1991 yil aprelda Kiyevda Ukraina, Rossiya, Belarus, O‘zbekiston, Qozog‘iston Respublikalari rahbarlarining

uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yo‘llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu hujjatni Qirg‘iziston, Тojikiston, Тurkmaniston Respublikalari ham imzolashga rozilik bildirdi. Markaz yon berishga majbur bo‘ldi. 1991 yil aprelda Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyovning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘ldi. Ishtirokchilar tomonidan „Mamlakatdagi vaziyatni bar-qarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bo‘lmaydigan choralar to‘g‘risida qo‘shma Bayonot“ imzolandi. Bu hujjat “9+1” (9 respublika + markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kiyevda bildirilgan fikr-mulohazalarga rozi bo‘lganini ko‘rsatadi.
Слайд 9

Qaltis vaziyatda 1991 yil 19 avgustda O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov

Qaltis vaziyatda 1991 yil 19 avgustda O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov

Hindistonga qilgan rasmiy tashrifidan qaytib keldi va Тoshkent shahri faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Prezident O‘zbekistonning nuqtayi nazarini bildirib, respublikamizda favqulodda holat joriy etishga hojat yo‘qligi, O‘zbekistonda vaziyat barqarorligi, qonunga xilof ko‘rsatmalar bajarilmasligini qat’iy ta’kidladi. 1991 yil 20 avgust kuni Тoshkentda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Тoshkent shahar rahbarlari ishtirokidagi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
Слайд 10

O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov 1991 yil 20 avgust kuni respublika

O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov 1991 yil 20 avgust kuni respublika

aholisiga o‘zining murojaatini e’lon qildi: “Hozircha mamlakatning hokimiyat doiralari qanday yo‘l bilan, nimalar orqali, qanday siyosat orqali bu maqsadlarga erishish mumkinligi haqida to‘liq, hozircha batafsil ma’lumot berganicha yo‘q. Bu ma’lumotlar bilan chuqur tanishganimizdan keyingina bo‘layotgan o‘zga-rishlarga o‘zimizning munosabatimizni albatta bildiramiz“. Prezident xalqqa: „Biz birovning gapiga kirib ish tutmaymiz, biz o‘zimiz tanlagan yo‘limizdan va belgilab olgan maqsadimizdan qaytganimiz yo‘q. Ishonamanki, bu og‘ir sinovlardan ham eson-omon o‘tamiz“, - deb murojaat qildi. Xalqni og‘ir sinovlardan o‘tayotgan bir paytda sabr-toqatli, bardoshli va vazmin bo‘lishga, tinchlikni saqlash maqsadida jipslashishga chaqirdi.
Слайд 11

Islom Karimovning Respublika aholisiga murojaatidan. „Sovet O‘zbekistoni“ gazetasi, 1991 yil, 21

Islom Karimovning Respublika aholisiga murojaatidan. „Sovet O‘zbekistoni“ gazetasi, 1991 yil, 21

avgust soni.

1991 yil 21 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z farmoni bilan O‘zbekiston hududida hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR va O‘zbekiston SSR Konstitutsiyalariga hamda qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga so‘zsiz mos kelishi kerak, deb belgilab qo‘ydi.

Слайд 12

I. A. Karimov bundan keyin KPSS Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy Byurosining tarkibida

I. A. Karimov bundan keyin KPSS Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy Byurosining tarkibida

qola olmasligi to‘g‘risida bayonot berdi. Mazkur Bayonotni O‘zbekiston Kompartiyasi MQ byurosi va Markaziy nazorat komissiyasi Rayosati ma’qulladi. 1991 yil 25 avgustda O‘zbekiston Prezidentining maxsus farmoni e’lon qilindi. Farmonga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik qo‘mitasi O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston Prezidentiga bo‘ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo‘mitasi, prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo‘shinlar, Тurkiston harbiy okrugi qismlari va qo‘shilmalari partiyadan butunlay xoli qilindi.
Слайд 13

1991 yil 31 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari

1991 yil 31 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari

oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov nutq so‘zlab, sobiq Ittifoqda so‘nggi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to‘ntarishiga antikonstitutsiyaviy urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O‘zbekiston taqdiriga, xalqimiz taqdiriga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Prezident I.A. Karimov O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni mustaqillik to‘g‘risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif etdi.
Слайд 14

Oliy Kengash sessiyasi „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida“ Qaror

Oliy Kengash sessiyasi „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida“ Qaror

qabul qilib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonotini tasdiqladi va respublikani bundan keyin O‘zbekiston Respublikasi deb atashni belgilab qo‘ydi.
1 sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin.
Слайд 15

Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi ro‘yobga chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy qaramlikdan,

Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi ro‘yobga chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy qaramlikdan,

asoratdan qutuldi. Davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi o‘zbek xalqining hayotida muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Mustaqillik xalqimizga o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘zlari uchun munosib turmush yaratish erkinligini berdi. Тarixdan bizga ma’lumki, qadim zamonlardan boshlab u yoki bu mintaqalarda yirik imperiyalar vujudga kelib, ko‘plab xalqlarni o‘z manfaatlariga bo‘ysundirgan, asoratga solgan. Biroq ularning barchasi mazlum xalqlarning ozodlik, mustaqillik uchun kurashlari natijasida parchalanib ketgan.
Слайд 16

“Yillar o‘tishi bilan, oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlar sari yurishimizda chuqur va

“Yillar o‘tishi bilan, oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlar sari yurishimizda chuqur va

atroflicha o‘ylangan, xalqaro maydonda “o‘zbek modeli” deb tan olingan demokratik islohotlar yo‘li naqadar to‘g‘ri ekanini hayotimizning o‘zi oqlab, isbotlab bermoqda va bu haqiqatga bizga xayrixoh bo‘lmagan mutaxassis va ekspertlar, tegishli xalqaro institutlar ham iqror bo‘lmoqda”.
O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom KARIMOV
Слайд 17

Dunyoqarashni nima o‘zgartiradi – ilm, daromad, manfaat. Sh. Mirziyoyev

Dunyoqarashni nima o‘zgartiradi – ilm, daromad, manfaat.
Sh. Mirziyoyev

Слайд 18

Foydalanilgan adabiyotlar Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan

Foydalanilgan adabiyotlar

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga

quraylik. T.,O‘zbekiston, 2017. 488 bet.
Karimov I. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. Toshkent, 1998
Eshov B. , Odilov А. O’zbekiston tarixi. 1-jild, Darslir,-Т.: Yangi asr avlodi. 2014.
Usmonov Q. O’zbekiston tarixi. Т. 2015.
Shirinova F., Ziyaeva D. O’zbekiston tarixi. O’quv qullanma. I qism Т. 2015.
Shirinova F., Ziyaeva D. O’zbekiston tarixi. O’quv qullanma. II qism Т. 2015.
Oblomurodov N.X va boshqalar. O’zbekiston tarixi. O’quv qo’llanma. T. 2011.