Xayrullayeva Dinora Shuxratovna YOZGI

Содержание

Слайд 2

I.Kirish Xo‘jalik tarixi II.Asosiy qism 2.1 Qoramolchilik 2.2 Veterinariya asoslari 2.3

I.Kirish
Xo‘jalik tarixi
II.Asosiy qism
2.1 Qoramolchilik
2.2 Veterinariya asoslari
2.3 Chorvachilikni mexanizatsiyalashtirish va atomatlashtirish
III.Xo‘jalikda veterinariya

va sanitariya xolati
IV.Xulosa
V.Xo‘jalik ucunh takliflar
VI.Foydalanilgan adabiyotlar

Mundarija

Слайд 3

Слайд 4

Слайд 5

Слайд 6

Chorvachilik, mamlakat aholisini xilma-xil sifatli oziq-ovqat mahsulotlari, engil sanoatni xom ashyo,

Chorvachilik, mamlakat aholisini xilma-xil sifatli oziq-ovqat mahsulotlari, engil sanoatni xom ashyo,

hamda tuproqni tabiiy va iqtisodiy unumdorligini oshirishni ta’minlaydigan qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘idir. Chorvachilik mahsulotlaridan sut, go‘sht, tuxum va ularni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlar inson organizmi uchun yuqori kaloriyali hamda to‘la qimmatli oziq-ovqat hisoblanadi. Ot, xachir, ho‘kiz, tuya, bug‘u va boshqa hayvonlardan ishchi kuch sifatida ham foydalaniladi. Shuning uchun ham istiqlol yillarida mamlakatimizda chorvachilikni barqaror rivojlantirishning huquqiy qismi yaratildi. Bunga misol qilib “Naslchilik to‘g‘risida”gi Davlat qonuni, Prezidentimizning 2020 yil 29 yanvardagi PQ – 4576 sonli “Chorvachilik tarmog‘ini davlat tamonidan qo‘llab quvvatlashning qo‘shimcha chora – tadbirlari to‘g‘risida” gi, 2020 yil 2 sentyabrdagi PQ – 4817 sonli “o‘zbekiston respublikasi ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” gi, 2017 yil 16 oktyabrdagi PQ – 3327 sonli “Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi, 2017 yil 15 iyundagi PQ – 3057 sonli “o‘zbekiston respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi,

I.Kirish

Слайд 7

2019 yil 18 fevraldagi PQ – 4194 sonli “o‘zbekiston respublikasida yilqichilik

2019 yil 18 fevraldagi PQ – 4194 sonli “o‘zbekiston respublikasida

yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi, 2021 yil 11 martdagi PQ – 5024 sonli “Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi, 2018 yil 14 martdagi PQ – 3603 sonli “Qorako‘lchilik sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi, 2021 yil 9 fevraldagi PQ – 4984 sonli “Qorako‘lchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi, 2018 yil 6 apreldagi PQ – 3657 sonli “Baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi, 2018 yil 6 noyabrdagi PQ – 4005 sonli “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 2018 yil 13 noyabrdagi PQ – 4015 sonli “Parrandachilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorlari, Vazirlar Mahkamasining sohaga oid bo‘lgan 10 dan ortiq qonunlari, chorvachilikni u yoki bu tarmog‘ini rivojlantirishga oid bo‘lgan Davlat dasturlarini keltirish mumkin.
Слайд 8

Слайд 9

Xo‘jalik tarixi Biz amaliyot o‘tagan Samarqand viloyati Toyloq tumani “Siyob Shavkat

Xo‘jalik tarixi
Biz amaliyot o‘tagan Samarqand viloyati Toyloq tumani “Siyob Shavkat

Orzu” ferma xo‘jaligi ham 2014 yil tashkil etilgan. Xo‘jalik tashkil etilgan yilda , xo‘jalikda jami 130 bosh qoramol va 60 bosh tana bo‘lgan. Bu xo‘jalikda xozirgi kunda 2021- yilda 2200 bosh qoramol mavjud. Bu xo‘jalikda jami ishchilar soni 80 ta bo‘lib, shundan 3 tasi sun’iy urug‘ qo‘yuvchi va qolgani qoramollarga serviz xizmat ko‘rsatuvchi veterinar hisoblanadi. Xo‘jalikning jami yer maydoni 1700 ga. Ferma maydoni 10 ga ni tashkil etadi. “Siyob Shavkat Orzu” ferma xo‘jaligi to‘liq mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan bo‘lib hamma turdagi texnikalari bor. Bu yerda ob-xavo yozi issiq, qishi mo‘tadil vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘lib turadi. Fermada asosiy suv manbayi yer osti arteziani bo‘lib fermani doimiy suv bilan ta’minlaydi. Fermada faqat Golshtin zotli qoramollar bor va 100 foiz sun’iy urug‘lantiriladi.
Слайд 10

“Siyob Shavkat Orzu” ferma xo‘jaligining chorva xayvonlarining umumiy bosh soni Jadval

“Siyob Shavkat Orzu” ferma xo‘jaligining chorva xayvonlarining umumiy bosh soni

Jadval taxlili:Xo‘jalikda

jami qoramollar bosh soni 2021 yilda 2200 bosh bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2021-yilda 2019 yilga nisbatan 47.7 % va 2020-yilga nisbatan 22.7 % o‘sish kuzatilgan.

1-jadval

Слайд 11

Слайд 12

Xo‘jalikda qoramollar podasining tarkibi 2-jadval 2-jadval

Xo‘jalikda qoramollar podasining tarkibi

2-jadval

2-jadval

Слайд 13

JADVAL TAHLILI: Xo‘jalikda jami qoramol bosh soni 2200 ta bo‘lib 100

JADVAL TAHLILI: Xo‘jalikda jami qoramol bosh soni 2200 ta bo‘lib 100

foizni tashkil etadi. Shundan naslli buqalar 8 bosh bo ‘lib 0.35 foiz, sigirlar900 bosh bo‘lib 40.9 foiz, g‘unojinlar 192 bosh bo‘lib 8.7 foiz, 1-yoshdan 2-yoshgacha bo‘lgan urg‘ochi tanalar 290 bosh va 13.2 foiz, 1-yoshdan 2-yoshgacha bo‘lgan buqachalar 10 bosh bo‘lib 0.45 foiz, 6 oylikdan bir yoshgacha bo‘lgan urg‘ochi tanalar 270 bosh va 12.3 foiz, 6 oylikdan bir yoshgacha bo‘lgan erkak tanalar 30 bosh va 1.4 foiz, 6- oyligacha bo‘lgan urg‘ochi buzoqlar 350 bosh va 15.9 foiz, 6- oyligacha bo‘lgan erkak buzoqlar 150 bosh va 6.8 foiz,
bo‘rdoqidagi qoramollar yo‘q bo ‘lib jami 2200 bosh va 100 foiz hisoblanadi.
Слайд 14

Слайд 15

Xo‘jalikda hisobot yilida poda harakti 3-jadval

Xo‘jalikda hisobot yilida poda harakti

3-jadval

Слайд 16

JADVAL TAHLILI: Jadvalga qarasak yilboshidagi 2200 bosh qoramolning 8 boshi naslli

JADVAL TAHLILI: Jadvalga qarasak yilboshidagi 2200 bosh qoramolning 8 boshi

naslli buqalar bo‘lib yil yakunida o‘zgarmagan. Sigirlar ham yil boshida 900 bosh bo‘lib yil yakunida 1092 bosh bo‘lib yil boshiga nisbatan 192 boshga oshgan. Shunga mos ravishda
g‘unojinlaryil boshiga nisbatan 98 boshga o‘sgan, 1 dan 2 yoshgacha boʻlgan urgʻochi tanalar 20 boshga kamaygan, 1 yoshgacha boʻlgan urgʻochi tanalar 692 boshga , 2 yoshdan katta buqachalar 5-boshga oshgan,
1 dan 2 yoshgacha boʻlgan buqachalar o‘zgarmagan,
1 yoshgacha boʻlgan buqachalar 382 boshga oshganligini ko‘rishimiz mumkin.
Buzoqlar urgʻochi va erkaklari mos ravishda 612 262 boshga oshganligini ko‘rishimiz mumkin va yil yakunida jami qoramollar bosh soni 3049 boshgayetgan.
Слайд 17

Xo‘jalikda yerdan foydalanish ko‘rsatkichlari 4-jadval

Xo‘jalikda yerdan foydalanish ko‘rsatkichlari

4-jadval

Слайд 18

JADVAL TAHLILI:jadvalga e’tibor bersak 2019- yilda jami yer maydoni 912 ga

JADVAL TAHLILI:jadvalga e’tibor bersak 2019- yilda jami yer maydoni 912

ga bo‘lgan 2021 yilga kelib bu ko‘rsatkich 1700 ga yetgan. Va bu 2021 yil 2019 yilga nisbatan yer maydoni 788 ga va 46.3 foizga oshganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu qariyib yer maydoni deyarli ikki barobar oshgan. Sabab qoramollar bosh soni shunga muvofiq oshganligidir. Shundan ya’ni 2021 yil 2019 yilga nisbatan bug‘doy ekiladigan maydon 268 ga ya’ni 44.7 foizga oshgan shuningdek beda va makk yer maydoni mos ravishda 250 va 370 ga ga ya’ni 55.5 va 49.3 foizga oshganligini ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari ferma joylshgan maydon 10 ga hisoblanadi va o‘zgarmagan.
Слайд 19

Xo‘jalikda ekin maydonlaridan foydalanish holati va ularning xosildorlik ko‘rsatkiclari 5-jadval

Xo‘jalikda ekin maydonlaridan foydalanish
holati va ularning xosildorlik ko‘rsatkiclari

5-jadval

Слайд 20

Hosildorlik 6-jadval

Hosildorlik

6-jadval

Слайд 21

Yalpi hosil 7-jadval

Yalpi hosil

7-jadval

Слайд 22

JADVAL TAHLILI: Jadvalga e’tibor bersak 2021 yil 2019 yilga nisbatan yer

JADVAL TAHLILI: Jadvalga e’tibor bersak 2021 yil 2019 yilga nisbatan yer

maydoni 46.3 foizga va 788 ga ga oshgan. Shu bilan birga don uchun , silos, senaj, hamda pichan uchunekiladigan yer maydonlari ham mos ravishda 338 ga , 200 ga, 250 ga, va 100 ga ga ya’ni 48.2 foiz, 36.3 foiz, 50 foiz, va 50 foizga oshganligini ko‘rishimiz mumkin. Shu bilan birga olinadigan yalpi hosilimiz ham 2021 yilda 2019 yilga nisbatan beda pichanimiz 160000 s ga ya’ni 64 foizga yalpi xosil oshgan. Shunga mos ravishda makka silosi, beda senaji va shuningdek bug‘doy senaji 10000 s ga va 77500 s ga hamda 55000 s ga ya’ni mos ravishda 44.4 foiz , 68.8 foiz va 55 foizga yalpi mahsulot oshgan.
Слайд 23

Xo‘jalikda 2021-yilda maxsulot ishlab chiqarish va sotish 8-jadval

Xo‘jalikda 2021-yilda maxsulot ishlab chiqarish va sotish

8-jadval

Слайд 24

Слайд 25

JADVAL TAHLILI: Jadvalga qarasak 2021 yilda 10000 s bug‘doy sotish uchun

JADVAL TAHLILI: Jadvalga qarasak 2021 yilda 10000 s bug‘doy sotish uchun

yetishtiriligan va shundayin xo‘jalikda yil davomida 73000 s sut va 120 s sof go‘sht yetishtirilgan. Bug‘doy , sut va go‘shtdan daromad mos ravishda 3 mlrd , 36 mlrd va 720 mln so‘m olingan. Shu mahsulotlari ishlab chiqarish uchun esa mos ravishda 2.2 mlrd,m 25.55 mlrd va 600 mln harajat qilingan. Shuningdek har bir mahsulotdan mos ravishda 800 mln , 10.95 mlrd va 120 mln sof foyda olingan. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning rentabellik darajasi bug‘doy doni, sut va go‘sht uchun mos ravishda 36.36 foiz, 42.85 foiz va 20 foizni tashkil etgan.
Слайд 26

9-jadval HISOBOT YILIDA FERMA XO‘JALIGI OZIQA BALANSI

9-jadval

HISOBOT YILIDA FERMA XO‘JALIGI OZIQA BALANSI

Слайд 27

JADVAL TAHLILI: Jadvalga qarasak hisobot yilida ferma xo‘jaligi oziqa balansi ta’minlanganligi

JADVAL TAHLILI: Jadvalga qarasak hisobot yilida ferma xo‘jaligi oziqa balansi

ta’minlanganligi oziqa miqdori bo‘yicha oziqa birligi va protein bo‘yicha mos ravishda 96.9 foiz, 96.7 foiz va 94.6 foizni tashkil etadi. Bu esa xo‘jalik deyarli to‘liq oziqa balansi bilan ta’minlangan. Joriy yil ushbu xo‘jalikda jami 31674.37 t ozuqa , 83664.5 s oziqa birligi va 11747199.3 s hzamlanuvchi protein talab qilingan. Lekin haqiqatdan ho‘jalikda esa 30700 t oziqa miqdori 80900 soziqa birligi va 11114600 s hazmlanuvchi protein mavjud. Oziqa miqdorini olsak eng ko‘p jixatdan silos 17545.6 ttalab qilingan. Lekin kam bo‘lsada pichan 99.9 foiz ta’minlangan.
Слайд 28

Hisobot yilida qoramolchilik mahsulotlarini sotish bo‘yicha moliyaviy natijalar 10-jadval

Hisobot yilida qoramolchilik mahsulotlarini
sotish bo‘yicha moliyaviy natijalar

10-jadval

Слайд 29

Слайд 30

2.2. Veterinariya asoslari Chorva mollarining sog‘ligini himoya qilish, mahsuldorligini oshirish va

2.2. Veterinariya asoslari Chorva mollarining sog‘ligini himoya qilish, mahsuldorligini oshirish va ishlab

chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini nazorat qilish hamda respublikamizda veterinariya xizmatini boshqarish uchun o‘zbekiston Respublikasining Veterinariya go‘g‘risidagi № o‘RQ – 397 sonli qonuni 2015 yil 29-dekabrda qabul qilingan. Bu qonun 6 bob va 32 moddadan iborat. Buning isboti sifatida Siyob Shavkat Orzu ferma xo‘jaligida veterinariya xizmati tashkil etilgan vo‘lib hozirgi kunda 7 nafar veterinar xodimi va 3 nafar asimilator 2200 bosh qoramolga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Bu xo‘jalikda hozirgi kunda mastit, endometrit, metrit, nekrobakterioz, pnevmaniya kabi kasalliklar uchrab turibdi.
Слайд 31

Слайд 32

Mastitlar (Mastitis) yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, sut bezlarining yallig‘lanishidir. Mastit hozirgi

Mastitlar (Mastitis) yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, sut bezlarining yallig‘lanishidir. Mastit hozirgi

paytda chorvachilikda ko‘p tarqalgan kasalliklardan hisoblanadi. Mastit tufayli chorvachilikga katta iktisodiy zarar yetkaziladi: Olinadigan umumiy sut miqdori 15-20% va uning yog‘lilik darajasi 0,8-1% gacha kamayadi; Yuqori mahsuldor hayvonlarni xo‘jalikda foydalanish muddati 6-8 yoshgacha qisqaradi; Sutning sanitariya sifati pasayadi, ya’ni bunday sutdan tayorlanadigan sut mahsulotlari sifasiz bo‘ladi; Sigirlar qisir qoladi. Yosh hayvonlarda dispepsiya va yosh bolalar iste’mol qilganda skarlatina (qizil qo‘ylak) kasalligini keltirib chiqaradi.
Слайд 33

Mastitlarning sabablarihar xil. Kasallik ko‘pincha hayvonlar antisanitariya sharoitlarida boqilganda, Yelin yaxshi

Mastitlarning sabablarihar xil. Kasallik ko‘pincha hayvonlar antisanitariya sharoitlarida boqilganda, Yelin yaxshi

parvarish qilinmagan hollarda paydo bo‘ladi. Sigirlar tor molxonalarda tiqis saqlanganda va butali, xarsang toshlar hamda to‘nkalar ko‘p bo‘lgan notekis, o‘nqir-cho‘nqir joylarda o‘tlatilganda yelinning lat yeishi va jarohatlanishi, noto‘g‘ri sog‘ish, sutni chala sog‘ib olish, yelinning sovqotishi va hayvonlarni sifasiz oziqa bilan boqish natijasida ham mastit paydo bo‘lishi mumkin. Mastit asosan har xil patogen mikroorganizmlarning (streptokokklar, stafilokokklar, ichak tayoqchasi, protey, ko‘k yiring tayoqchasi va b.) yelin to‘qimasiga kirishi tufayli vujudga keladi. Mikroorganizmlar yelinga yelin kanali orqali tashqaridan kirishi hamda qon va limfa yo‘llari orqali o‘tishi ham mumkin. Mikroorganizmlar qon va limfa orqali ko‘pincha bachadonning yiringli yallig‘lanishida bachadondan o‘tadi. Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklarida mikroorganizmlar oshqozon ichak kanalidan yelinga o‘tishi mumkin. Qindan, yelinidan va boshqa a’zolaridan yiringli ekssudat oqib turadigan kasal hayvonlar sog‘lom hayvonlar bilan birga boqilganda mastitning rivojlanishiga yo‘l ochadi. Bundan tashqari, sut bezi sil, aktinomikoz va oqsil singari kasalliklarda ikkilamchi jarohatlanishi mumkin.
Слайд 34

Слайд 35

Mastitlarni davolash. Mastitlarning sabablari va rivojlanish mexanizmlari xilma-xil. Shuning uchun mastitlarni

Mastitlarni davolash. Mastitlarning sabablari va rivojlanish mexanizmlari xilma-xil. Shuning uchun mastitlarni

davolash ham hamma hollarda bir xilda bo‘lmaydi. Hayvonning umumiy ahvoli, yallig‘lanishning xarakteri va mastit sababchilarining xossalari hisobga olingan holda davolash tashkil etilishi kerak. Zardobli mastit. Sut avaylab tez-tez sog‘ib olinadi va yelin sutkasiga kamida 2-3 marta 10-15 daqiqadan limfa tomirlari yo‘li bo‘ylab pastdan yuqoriga qarab massaj qilinadi. Kasallikning boshlang‘ich davrida yelinga sovuq narsa, keyinchalik, isituvchi kompresslar, grelkalar yoki ozokerit, parafin applikasiyalari ko‘rinishida issiq qo‘yiladi, shuningdek, yelin sollyuks, infraruj hamda kvars lampalari bilan isitiladi. yelin terisiga ixtiol, kamfora va yallig‘lanishga qarshi boshqa malhamlar surtiladi. Kasallik umumiy haroratning ko‘tarilishi va yelinning juda shishib kyetishi bilan kechganda kuniga bir marta 10%-li kalsiy xlorid yoki kalsiy glyukanat eritmasidan 100-150 ml miqdorida kuniga bir marta venaga yuboriladi. Bu eritmalarni 100-150 ml 20%-li glyukoza eritmasi bilan birga ishlatish foydalidir, bunda glyukoza eritmasiga 2-3 g kofein qo‘shiladi.
Слайд 36

Bizning xo‘jaligimiz “Siyob Shavkat Orzu” ferma xo‘jaligi ham deyarli to‘liq mexanizatsiyalashtirilgan.

Bizning xo‘jaligimiz “Siyob Shavkat Orzu” ferma xo‘jaligi ham deyarli to‘liq mexanizatsiyalashtirilgan.

Bu xo‘jalikda tuproqqa ishlov beruvchi pluglar, ekishdan oldin ishlov beruvchi tishli va diskli boronalar, chizil kultuvator, mololosh va tekislash moslamalari tuproqqa o‘g‘it sepish mashinalari donli ekinlarni o‘rish mashinalari, dag‘al ozuqalarni maydalash va preslash mashinalari hamda hamma turdagi traktorlar bilan ta’minlangan. Bundan tashqari sut sog‘ish va sug‘orish avtomatlashtirilgan. Shunindek miroiqlimni ta’minlash maqsadida kerakli ventilyatsiya tizimi ham o‘rnatilgan.

2.3 Chorvachilikni mexanizatsiyalashtirish
va avtomatlashtirish

Слайд 37

Слайд 38

Слайд 39

Слайд 40

Xulosa Xulosda qilsam me malakaviy amaliyotni o‘tash jarayonida o‘zimga kerakligi bo‘lgan

Xulosa Xulosda qilsam me malakaviy amaliyotni o‘tash jarayonida o‘zimga kerakligi bo‘lgan

juda qimmatli ma’lumotlarni oldim. Eng asosiysi amaliyot dasturimizga kiritilgan “Qoramolchilik”; “Veterinariya asoslari”; “Chorvachilikni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish” kabi mutaxasislik fanlaridan universitetda olgan nazariy bilimlarimni amaliyot davomida ko‘rdim va o‘zimga ko‘nikma xosil qildim shuningdek kerakli yangi tajribalarni ham ortdirdim.
Слайд 41

Qoramollarni cho‘miltirish vannalrini tashkil etish; Sut sog‘ish zalini to‘liq avtomatlashtirish; Xo‘jalikda

Qoramollarni cho‘miltirish vannalrini tashkil etish; Sut sog‘ish zalini to‘liq avtomatlashtirish; Xo‘jalikda buzoqlar va

tanalar uchun ratsionni boyitish kerak; Xo‘jalikda nasl yadrosini ko‘paytirish; Xo‘jalikda embrion transplantatsiyasini tashkil etish; Xo‘jalikda naslli buqalardan urug‘ tayyorlash va boshqa xo‘jaliklarga yetkazib berishni tashkil etish; Xo‘jalikda zamonaviy kushxona qurish;

Xo‘jalik uchun takliflar

Слайд 42

1)Nosirov U.N Qoramolchilik Toshkent 2001 2) Mavlonov N.O MavlonovE.N Qoramolchilik Toshkent

1)Nosirov U.N Qoramolchilik Toshkent 2001 2) Mavlonov N.O MavlonovE.N Qoramolchilik Toshkent 1984

3)Qoramolchilikdan o‘quv uslubiy majmua 4) Bakirov B. Hayvonlarning ichki yuqumsiz kasalliklari. o‘quv qo‘llanma. Samarqand. 2015. 5)Parmanov M. P., Bozorov X. K., Qambarov A. A. va boshqalar. Epizootologiya (o‘quv qo‘llanma). Samarqand, 2007 y. Internet va Ziyonet saytlari 6)chorvachilini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish o‘quv uslubiy qo‘llanma 7)www.Ziyo.net.uz. 8)www.vetjurnal.uz

Foydalanilgan adabiyotlar