Shoqambarov Isroil TDSI stomatologiya fakulteti

Содержание

Слайд 2

O‘q otuv qurollaridan jarohatlanishlar tinchlik va harbiy harakatlar davrida yuzaga keladi.

 O‘q otuv qurollaridan jarohatlanishlar tinchlik va harbiy harakatlar davrida yuzaga keladi.

Tinchlik davridagi jarohatlar ovchilikda foydalaniladigan o‘q otuv qurollari va o‘qlari bilan yetkaziladi. Harbiy harakatlar davrida yuz-jag‘ sohasida turli jarohatlar uchraydi. Ular bitta yoki bir necha jarohatlovchi omillar ta’sirida yuzaga keladi. Jarohat og‘irligi ishlatilgan qurol toifasi, o‘q dorisi va uning otilish masofasiga bog‘liq.  Ov miltiqlari uch xil bo‘ladi: silliq stvolli – sochma o‘q bilan otadigan; narezkali – karabin, shtuser 5 mmdan – 14,66 mmgacha bo‘lgan (har xil kalibrdagi o‘qlarni otuvchi); kombinatsiyalangan sochma hamda yoriladigan o‘qlarni otuvchi.  Ov miltiqlaridan otilgan o‘qning uchish tezligi 550-1000 m/s bo‘lib, bunday o‘q yuqori kinetik kuch bilan zarba beradi.
Слайд 3

O‘q otuv qurollaridan jarohatlanishning o‘ziga xos xususiyatlarini bilish uchun shifokor qurol

O‘q otuv qurollaridan jarohatlanishning o‘ziga xos xususiyatlarini bilish uchun shifokor qurol

turlari haqida tegishli ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak. Ikkinchi jahon urushida harbiylarda to‘pponcha (pistolet), soyli miltiq (vintovka), karabin, avtomat, pulemetlar bo‘lgan. Ularga 19 xil o‘qlar tayyorlangan. O‘qlarning oddiy, og‘ir, zirhteshar, yondiruvchi, iz qoldiruvchi, portlovchi, fosfor bilan o‘qlangan va boshqa turdagilari mavjud. O‘qlarning vazni 5,55 g. dan to 12,8 g.gacha bo‘lib, ularning kinetik energiyasi 273-402 kg/m ga teng. Tankka qarshi o‘q otuvchi miltiqning kalibri 7,9 mm bo‘lib, zarba berish kuchi 998 kg/m ga teng.
Слайд 4

O‘q otuv qurollari va ular otadigan snaryadlarning xilma-xilligi tufayli (artilleriya snaryadlari

O‘q otuv qurollari va ular otadigan snaryadlarning xilma-xilligi tufayli (artilleriya snaryadlari

otuv o‘qlarining sharsimon va nayzasimon parchalari, ya’ni oskolkalari), shuningdek, aviabombalar, turli minalar, reaktiv snaryadlar va boshqa turdagi o‘q otuv qurollari) vositasida yetkaziladigan jarohatlar turli-tuman variantlarda va shakllarda yuzaga keladi. Ularni o‘z ichiga to‘liq qamrab oladigan yagona tasnifni yaratish qiyin, albatta.  G.M. Ivashchenko jarohatlangan shaxsni ko‘rikdan o‘tkazayotgan paytda yaraga baho berish maqsadida va jarrohlik amaliyotini rejalashtirish uchun quyidagi belgilar va xususiyatlarga alohida ahamiyat berish kerakligini ta’kidlaydi:  
Слайд 5

– jarohatlovchi snaryad turlari: o‘q, oskolka, sochma o‘q, ikkilamchi shikastlovchi snaryad,

– jarohatlovchi snaryad turlari: o‘q, oskolka, sochma o‘q, ikkilamchi shikastlovchi snaryad, portlash

hosil qilgan to‘lqin (havo, suv).  – jarohatlovchi snaryadlar soni: bitta, ko‘p sonli;  – shikastlanish yo‘li (kanali): ko‘r, teshib o‘tuvchi, yalab o‘tuvchi, uzib ketilgan (travmatik amputatsiya);  – yumshoq to‘qimalarda yaralarning joylashishi (yuz, bosh, bo‘yin, shuningdek, bir necha sohalarning birgalikda jarohatlanishi);   – yumshoq to‘qimalarning jarohatlanish turiga ko‘ra: shilingan, sanchilgan, teshilgan, uzib olingan, skalplangan (bosh terisi   sochlari bilan shilinib olingan), yirtilib-majaqlangan kemtikli va boshqa;  – suyak jarohatlari: pastki jag‘, yuqori jag‘, ikkala jag‘, yonoq, burun, til osti suyaklari, bir necha suyaklarning (ponasimon, g‘alvirsimon chakka, peshona va boshqalar) jarohatlari, yuz va kalla suyaklarining bir vaqtdagi jarohatlari, majaqlangan va nuqsonli jarohatlar;
Слайд 6

– suyaklarning jarohat turlari: noto‘liq sinish (darz ketish, teshilish, chetining uchib

– suyaklarning jarohat turlari: noto‘liq sinish (darz ketish, teshilish, chetining uchib ketishi);

to‘liq sinish ( ko‘ndalang, bo‘ylama, qiya qoqilgan, katta bo‘lakli, kichik bo‘lakli, parchalangan, nuqsonli);   – jarohat kanalining yo‘nalishi bo‘yicha: segmentar, yalab o‘tuvchi, diametral ko‘pchib ketadigan.    – jarohat xarakteri: bitta snaryad zarbidan – bitta soha bilan chegaralangan; aralash, ko‘p sohalar jarohatlangan.   – bosh va bo‘yinga nisbatan teshib kirmaydigan, teshib kiruvchi (burun bo‘shlig‘iga, burun yondosh bo‘shliqlariga, halqumga, kekirdakka, qizilo‘ngachga, traxeyaga, ayni bir vaqtda, bir necha bo‘shliqqa);   – yuz a’zolariga nisbatan: til, qattiq va yumshoq tanglayning so‘lak bezlari, qon va nerv tomirlarining jarohatlarisiz va ularning jarohati bilan;
Слайд 7

– tishlarning jarohatlari: sinishlar – qisman (pulpa ochilmasdan) va to‘liq (pulpa

– tishlarning jarohatlari: sinishlar – qisman (pulpa ochilmasdan) va to‘liq (pulpa ochilib);  – chegaradagi

soha va a’zolarga nisbatan: pastki jag‘ning chakka bo‘g‘ini, ko‘z, eshituv a’zolari, bo‘yin, kalla suyagi, bosh miya, umurtqa pog‘onasi va boshqa jarohatlari bilan yoki bunday jarohatlarisiz;  – boshqa sohalar jarohatiga nisbatan: qo‘llar, oyoqlar, ko‘krak qafasi, qorin, tos a’zolari va boshqalarning jarohati bilan yoki bunday jarohatlarsiz;  – jarohat og‘irligi bo‘yicha: yengil, o‘rta, og‘ir, terminal.   Yarador yuqorida keltirilgan tartibda ko‘zdan kechirilsa, to‘la ma’lumotga ega bo‘lib, yordam ko‘rsatish tartibi va hajmi tez aniqlanadi.  O‘q otuv qurollaridan olingan jarohatlarning tasnifi B.D. Kabakov va hammualliflari tomonidan (1973) ishlab chiqilgan
Слайд 8

O‘q otuv qurollaridan olingan jarohatlarning klinik manzarasi O‘q otuv qurollaridan olingan

O‘q otuv qurollaridan olingan jarohatlarning  klinik manzarasi  O‘q otuv qurollaridan olingan jarohatlar har

xil va qaytarib bo‘l-mas shaklda bo‘ladi. Nuqtadek yaradan majaqlangan yuzning katta qismi o‘pi-rib uzilgan jarohat bo‘lishi mumkin. Yara ichida qon quyqasi, majaqlangan to‘qimalar, tishlar, jag‘ suyagi va parchalaridan tashqari, tuproq, kiyim par-chalari, sochlar, shisha siniqlari, toshlar, yog‘och parchalari, ovqat qoldiqlari va boshqa narsalar qo‘shilib uchraydi.  To‘qimada o‘qning o‘tgan yo‘li (kanali) zarbaning kuchiga, uning uchish tezligi, vazni va shakliga bog‘liq.  O‘qli yaralar – yuz yumshoq to‘qimalarining titilib uzilishi, su-yaklarning o‘q tekkan joyda parchalanib sinishi, o‘qli jarohatlarda suyaklar sinishining xilma-xilligi, notipikligi, bo‘laklarning o‘q o‘tgan yo‘nalishda siljishi bilan kechadi. Ammo snaryad tezligi tovush tezligidan past (330 m/s dan kam) bo‘lsa, yoki uchish tezligi so‘ngan holda suyakka urilsa, suyak «zaif» sohalarda sinishi mumkin va bunday sinish mexanik sinish kabi kechadi.
Слайд 9

O‘q teshib o‘tgan yaralar ancha og‘ir hisoblanadi. Ular, odatda, bitta yara

O‘q teshib o‘tgan yaralar ancha og‘ir hisoblanadi. Ular, odatda, bitta yara bo‘lib,

o‘q yoki oskolkaning to‘qimaga kirish va chiqish teshigi bilan namoyon bo‘ladi. Odatda, bunday jarohatni yuqori tezlikda uchuvchi snaryad yuzaga keltiradi. Snaryadning kinetik energiyasi kanchalik katta bo‘lsa, u energiyani to‘qimaga shuncha ko‘p berib, shikastlanish ham shuncha og‘ir bo‘ladi. Snaryad kirgan joyda kichkina kirish teshigi ochiladi. Chiqish teshigi esa o‘n baravar katta bo‘ladi. Snaryad o‘tgan yo‘l atrofidagi to‘qimalar keng maydonda titilib, parchalanib ketadi, shuning hisobiga ko‘p miqdorda jonsiz to‘qima bo‘laklari, yumshoq to‘qima va suyak nuqsonlari hosil bo‘ladi. Yaraning kirish teshigi quloq oldida, boshning sochli qismida, bo‘yinda, yelkada, ko‘krak yoki belda bo‘lib, shu sohalardan o‘q og‘iz bo‘shlig‘iga chiqqan, tupurib tashlangan, yutib yuborilgan yoki aspiratsiya qilingan holatlar   bo‘lgan
Слайд 10

Pastki jag‘ shoxi va burchagining jarohatlari 9,6%ni tashkil qilgan. Bu sohada,

Pastki jag‘ shoxi va burchagining jarohatlari 9,6%ni tashkil qilgan. Bu sohada, odatda,

chaynov mushagi, quloq oldi so‘lak bezi nayi, parenximasi va yuz nervi jarohatlari uchraydi. Mazkur soha to‘qimalarining infeksiyaga chidamliligi pastligi tufayli, ularda tezda yallig‘lanish jarayoni avj oladi. O‘q titib o‘tgan to‘qimalardan yiring tarqalib, chuqur cho‘ntaklar hosil qiladi. Yaraga so‘lak oqib, oqma hosil bo‘ladi. Pirovardida, bo‘g‘im tashqarisida kontraktura rivojlanadi.
Слайд 11

Yuz o‘rta va pastki qismlarining jarohatlari. Lablarning jarohati 4% ni tashkil

Yuz o‘rta va pastki qismlarining jarohatlari. Lablarning jarohati 4% ni tashkil qilgan

bo‘lib, ularning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda yara chetlari qochib, katta bo‘lib, ko‘rinadi. Tezda shish hosil bo‘ladi. Og‘izni germetik yuma olmaydi. So‘lak doim oqib, terining bichilishiga olib keladi. Yaradorning gapirishi va ovqat qabul qilishi qiyinlashadi. O‘z vaqtida yordam ko‘rsatilsa, boshqa sohalardan ko‘ra labdagi jarohat tez va kam asorat bilan bitadi.     Pastki jag‘ osti sohasi jarohati (1,4%) deyarli hamisha yiringli yallig‘lanish jarayoni bilan kechgan va atrofdagi sohalarga tarqalgan. Bu sohada yuz arteriyasi, vena, halqum, kekirdak va jag‘ osti so‘lak bezining jarohatlari kuzatilgan.  
Слайд 12

Til jarohatlanganda, qisqa muddatda rivojlanayotgan gematoma va shish hisobiga og‘izga sig‘may

Til jarohatlanganda, qisqa muddatda rivojlanayotgan gematoma va shish hisobiga og‘izga sig‘may

qoladi, ovqat iste’mol qilish va nutq buzilib, asfiksiya xavfi tug‘iladi. Tildagi yot moddani olishning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Alohida tilning o‘zi kamdan-kam jarohatlanadi va deyarli doim yonidagi boshqa anatomik sohalarning jarohatlari bilan birgalikda uchraydi.  Yuzdagi o‘qli jarohatlar ko‘pincha bir necha sohalarning (29%), ayrim hollarda esa – ko‘zlarning shikastlanishlari (6%) bilan birgalikda uchragan.