Yan Amos Komenskiyning pedagogik tizimi

Слайд 2

Yan Amos Komenskiyning pedagogik tizimi

Yan Amos Komenskiyning pedagogik tizimi

Слайд 3

Reja: Yan Amos Komenskiyning “Buyuk didaktika” asarida ilgari surilgan didaktik g’oyalar. Komenskiyning dunyoqarashi. Asarlarida tarbiyaning maqsadi.

Reja:

Yan Amos Komenskiyning “Buyuk didaktika” asarida ilgari surilgan didaktik g’oyalar.
Komenskiyning dunyoqarashi.
Asarlarida

tarbiyaning maqsadi.
Слайд 4

19. Yan Amos Komenskiyning pedagogik tizimi. Komenskiy «Kishilik jamiyati ishlarini yaxshilash

19. Yan Amos Komenskiyning pedagogik tizimi.

Komenskiy «Kishilik jamiyati ishlarini yaxshilash

haqida hammaga taaluqli maslahat» nomli 7 jildli katta asar yozdi (U hayot ekanligi vaqtida hammasi bo’lib 2 jildi bosilib chiqdi, qolgan jildlari esa faqat 1935 yilda topildi va CHexoslovakiyada chop qilindi). Bu asarida «Hammani va hamma narsada har tomonlama tuzatish»ning insonparvarlik va demokratik dasturini belgilab chiqdi va kishilik jamiyatini isloh qilish rejasini ilgari surdi.
«Buyuk didaktika» asarida «pan sofiya g’oyasini» (pan gerkcha — butun, hamma, sofiya — donolik, aqllilik) hamma narsani bilish, hamma uchun bilim berish» demakdir. Pan sofiyada u tabiat va jamiyat bilimlarining yig’indisini beradi. Maktab — bu muassasa, u yerda «Hammani har narsaga o’rgatmoq kerak» degan fikr ko’p marta takrorlanishini ko’ramiz.
Слайд 5

Слайд 6

Komenskiyning pansofiya ishi Angliyaning ilg’or kishilari tomonidan quvvatlanib, parlament tomonidan chaqiriladi.

Komenskiyning pansofiya ishi Angliyaning ilg’or kishilari tomonidan quvvatlanib, parlament tomonidan chaqiriladi.

Komenskiy 1641 yili Angliyaga keladi, lekin grajdanlar urushi boshlanib ketib, bu ish qolib ketadi. Komenskiy duyoga tanilgandan so’ng hamma mamlakatlarga uni taklif eta boshlaydilar. SHvetsiyada lotin tili darsligini va til o’qitish metodikasini tuzadi.
Komenskiy chex qardoshlari jamoasiga yepiskop qilib tayinlangach, 1648 yilda Leshnoga qaytib keladi. Jamoa tarqatilgandan so’ng u yana o’qituvchilik faoliyatini davom ettiradi. Bir necha yil Vengriyada maktablarni boshqarada. «Vidimo’y mir v kartinkax», ya’ni «Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari» degan asar yozib, o’qish ishini rasmlar bilan olib borishni ilgari suradi. Bunda «Yoshlarning xulq qoidasi», «Yaxshi tashkil topgan maktablarning qonuni» degan bir qancha pedagogikaga doir ishlari berilgan.
Слайд 7

1656 yili SHved—polyak urushi vaqtida Leshnodagi chex qardoshlari jamoasi tor-mor qilinadi.

1656 yili SHved—polyak urushi vaqtida Leshnodagi chex qardoshlari jamoasi tor-mor qilinadi.

Komenskiy Gamburgga qochadi. Undan Amsterdamga o’tadi. SHunda Gollandiya senatining buyrug’iga muvofiq uning asarlari to’plami bosilib chiqadi.
Komenskiy o’z vatanini juda sevar va uning mustaqilligi uchun kurash olib boradi. Uning ko’p asarlarida vatanparvarlik hissi aks etgan. U chex xalq poeziyasini yig’ib chex maqollar to’plamini tuzadi va o’z xalqining tilini saqlashga, sevishga undaydi.
Слайд 8

Слайд 9

Komenskiy tashqi ob’ektiv dunyoning hukm surishiga ishonadi. Dunyo bir butun. Dunyoda

Komenskiy tashqi ob’ektiv dunyoning hukm surishiga ishonadi. Dunyo bir butun. Dunyoda

hamma narsa bir-biri bilan bog’liq. Ajralib qolgan narsa yo’q. Dunyo qarama-qarshiliklardan iborat. Dunyo qotib qolgan emas. U o’sishda, o’sish esa o’z qonuniyatiga ega. Qonuniyat borliqqa, ya’ni xudoga tegishli, deydi.
Komenskiy o’zining pedagogik nazariyasida tarbiyaning tabiatga uyg’un bo’lishi to’g’risidagi tushunchani ilgari suradi. «Buyuk didaktika»da o’qitish tabiiylikka bo’ysunishi, o’qitish tabiat talabiga bo’ysunishi kerak, deydi. Bolaning aqliy va jismoniy o’sish jarayoni tabiatdagi o’sish jarayoniga o’xshagan bo’ladi. Masalan, bog’bon daraxtlarni parvarish qiladi, uning o’sish xususiyatlarini hisobga oladi. Xuddi shunday o’qituvchi tarbiyalash qonuniyatiga bo’ysinadi. O’qitish jarayoni tabiatga o’xshab sekinlik bilan amalga oshadi. Tabiiylik printsipida kishini tabiatning bir bo’lagi deb qarashi (xudo tomonidan bunyod etilmagan) tabiat qonunlari uning o’sishiga ta’sir etadi deyishi o’z davrida ilg’or sanaladi. Lekin kishi ijtimoiy borliq bo’lib, ijtimoiy qonun ta’sirida o’sadi.
Слайд 10

Слайд 11

Komenskiy, tarbiyachi boladagi iste’dodni o’stirishi kerak. Agar bola pedagogik ta’sirsiz yashasa,

Komenskiy, tarbiyachi boladagi iste’dodni o’stirishi kerak. Agar bola pedagogik ta’sirsiz yashasa,

bu iste’dod tasodifan o’sadi. Kishi dunyoga kelganda kishiga xos iste’dodga ega bo’ladi. Xuddi olmadagi urug’iga o’xshab ba’zida ko’proq, ba’zida kamroq bo’ladi.
Komenskiy tarbiyaning tabiatga uyg’unlik masalasida hamma narsaning asosi 4 ta deydi. Masalan: Olam 4 narsadan yuzaga kelgan, ya’ni; yer, suv, havo, yorug’lik. Dunyoning rivojlanishi ham 4 qismga bo’linadi, bular: bahor, yoz, kuz, qish.
Слайд 12

Слайд 13

Слайд 14

Umumta’lim g’oyasi. Komenskiy yashagan davrda hammani o’qishga tortish shart emas, qobiliyatli

Umumta’lim g’oyasi. Komenskiy yashagan davrda hammani o’qishga tortish shart emas, qobiliyatli

kishigina o’qishi kerak, degan g’oya mavjud edi. Komenskiy esa o’qishga hammaning tortilishini, hamma o’z ona tilida umum boshlang’ich ta’lim olishi kerakligini uqtiradi. Umumta’lim to’g’risida gapirganda ayollarni ham hisobga oladi. O’sha davrda xotin-qizlar uchun o’qish juda katta muammo edi, shunga qaramay, u bu masalani ilgari surdi.
Komenskiyning pedagogik nazariyasining yana bir qimmatli tomoni o’quvchilar bilim olish tushunchasiga ega. Oynani qanchalik chang bosgan bo’lsa ham, baribir kishi o’z aksini ko’rishi mumkin, albatta, toza oyna kishi aksini toza ko’rsatadi. O’qituvchining vazifasini oynadagi changni artib tashlash, ya’ni bilimni bola ongiga yetkazish, ani aqliy tomondan o’stirishdir, degan edi.
Слайд 15