Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida

Содержание

Слайд 2

Reja: 5.1. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasi mazmuni hamda milliy iqtisodiyotning rivojida uning

Reja:

5.1. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasi mazmuni hamda milliy iqtisodiyotning rivojida uning xalqaro

integratsiyasini ta’minlashning ahamiyati.
5.2. Milliy iqtisodiyot xalqaro integratsiyalashuvining asosiy yo’nalishlari.
5.3. Milliy iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, modernizatsiyalash, raqobatbardoshligini oshirish va barqaror rivojlantirishda uning faol xalqaro integratsiyasini ta’minlashning xorij tajribalari.
5.4. O’zbekistonda milliy iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasiga qaratilgan davlat siyosatining asosiy maqsadi va yo’nalishlari.
5.5. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalar ishtirokini oshirishda xalqaro moliyaviy institutlarning tutgan o’rni va ularning hamkorlik aloqalari.
5.6. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalar harakatini tartibga solishning mazmuni, zarurligi va ahamiyati.
Слайд 3

Xalqaro iqtisodiy integratsiya Xalqaro iqtisodiy integratsiya – bu milliy xo’jaliklar (davlatlar)

Xalqaro iqtisodiy integratsiya

Xalqaro iqtisodiy integratsiya – bu milliy xo’jaliklar (davlatlar) o’rtasida

o’zaro ko’p tomonlama barqaror aloqalarning rivojlanishi va mehnat taqsimoti negizida yuzaga kelgan mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatdan birlashuvi bo’lib, ishlab chiqarish tarmoqlarining turli darajada va turli ko’rinishdagi o’zaro aloqadorligini ifoda etadi.
Слайд 4

Integratsiya - jahon mamlakatlari o’rtasida yangi tovarlar oqimini shakllantirish orqali "resurslar

Integratsiya - jahon mamlakatlari o’rtasida yangi tovarlar oqimini shakllantirish orqali "resurslar

cheklanganligi" muammosini bartaraf etish yo’li.
Bu orqali jahon mamlakatlarida nisbatan serxarajat tovarlar ishlab chiqarishga chek qo’yilib, texnologik ayirboshlashni kengaytirish imkoniyatini beradi, ya’ni, ITTKIga xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
Слайд 5

Integratsiya - bu ishlab chiqarishni barqaror o’sishi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy barqarorlik

Integratsiya - bu ishlab chiqarishni barqaror o’sishi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy barqarorlik

kabi maqsadlarga yengilroq va tezroq erishish imkoniyatini beradi.
Integratsiya - bu hududiy miqyosda sifat jihatdan yangi iqtisodiy muhitni yaratish yo’li orqali milliy xo’jalik komplekslarining o’zaro yaqinlashishi va bir-biriga kirib borishi jarayonidir.
Слайд 6

Xalqaro iqtisodiy integratsiya Xalqaro iqtisodiy integratsiya – bu turli mamlakatlar iqtisodiy

Xalqaro iqtisodiy integratsiya

Xalqaro iqtisodiy integratsiya – bu turli mamlakatlar iqtisodiy aloqalarining

barqarorlashib, chuqurlashib rivojlanishi, ular xo’jaliklarining chambarchas birlashish jarayonlaridir.
Слайд 7

2016 йилда миллий иқтисодиётга 16,6 млрд. доллар инвестициялар сарфланган ва ушбу

2016 йилда миллий иқтисодиётга 16,6 млрд. доллар инвестициялар сарфланган ва ушбу

кўрсаткич 2015 йилга нисбатан 9,6 %га ўсди. Ўзлаштирилган хорижий инвестициялар ва кредитлар 11,3%га ўсиб 3,7 млрд. долларни ташкил этди
Слайд 8

Инвестициялар ҳажмининг ўсиш сураъти, аввалги йилга нисбатан %да

Инвестициялар ҳажмининг ўсиш сураъти, аввалги йилга нисбатан %да

Слайд 9

Асосий капиталга киритилган чет эл инвестицияларининг турлари, 2015 й. (%)

Асосий капиталга киритилган чет эл инвестицияларининг турлари, 2015 й. (%)

Слайд 10

Иқтисодиёт тармоқлари бўйича асосий капиталга киритилган чет эл инвестициялари, 2015 й. (%)

Иқтисодиёт тармоқлари бўйича асосий капиталга киритилган чет эл инвестициялари, 2015 й.

(%)
Слайд 11

Иқтисодиёт тармоқлари бўйича асосий капиталга киритилган чет эл инвестицияларининг таркиби, 2015 й. (%)

Иқтисодиёт тармоқлари бўйича асосий капиталга киритилган чет эл инвестицияларининг таркиби, 2015

й. (%)
Слайд 12

Асосий фондлар турлари бўйича асосий капиталга киритилган инвестициялар таркиби, 2015 й. (%)

Асосий фондлар турлари бўйича асосий капиталга киритилган инвестициялар таркиби, 2015 й.

(%)
Слайд 13

Слайд 14

Mikro va makro miqyosdagi integratsion jarayonlar Mikro miqyosdagi integratsion jarayonlar bir-biriga

Mikro va makro miqyosdagi integratsion jarayonlar

Mikro miqyosdagi integratsion jarayonlar bir-biriga hududiy

jihatdan yaqin joylashgan mamlakatlarning xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning kapitallarini o’zaro ta’sir doirasi orqali amalga oshiriladi. Ya’ni, ushbu davlatlar o’rtasida integratsion jarayonlar iqtisodiy bitimlar tizimining shakllanishi, kichik shahobchalar, sho’’ba korxonalar tashkil etilishi orqali yuz beradi. Tashkil topgan korxona va firmalar o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy aloqalarning tez rivojlanishi tovar almashuvini, xizmat sohalarini, kapital va ishchi kuchining mamlakatlararo erkin harakatini ta’minlashga, ijtimoiy – iqtisodiy va ilmiy-texnologik, tashqi iqtisodiy va mudofaa, moliyaviy va valyuta sohasida yagona siyosatni o’tkazish zaruriyati tug’iladi. Yagona valyuta va moliyaviy fondlar, infratuzilmalar va umumiy davlatlararo boshqaruv organlariga ega bo’lgan iqtisodiy majmualar yaratiladi.
Makro miqyosdagi integratsion jarayonlar davlatlararo darajada integratsiya davlatlar iqtisodiy birlashmalarining shakllanishi hamda iqtisodiy siyosatlarning kelishuvi asosida amalga oshadi.
Слайд 15

Iqtisodiy integratsion jarayonlar asosidagi omillar:

Iqtisodiy integratsion jarayonlar asosidagi omillar:

Слайд 16

Iqtisodiy integratsion jarayonlar asosidagi omillar:

Iqtisodiy integratsion jarayonlar asosidagi omillar:

Слайд 17

Xo’jalik hayotining yanada baynalminallashuvi Baynalminallashuv – bu jahon xo’jaligining bir necha

Xo’jalik hayotining yanada baynalminallashuvi

Baynalminallashuv – bu jahon xo’jaligining bir necha

sub’ektlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’rnatilishi va rivojlanishining dastlabki bosqichidir.
Jahon iqtisodiyotida xo’jalik hayotining barqaror rivojlanishi, takror ishlab chiqarishning milliy xo’jaliklar doirasidan chetga chiqish jarayonini aks ettiradi (eng avvalo, xalqaro mehnat taqsimoti asosida). Jahon xo’jaligi baynalminallashuvining o’sishi va rivojlanishida TMKlarning ta’sir doirasi kattadir. YuNKTAD ma’lumotiga ko’ra hozirgi kunda jahonda 40 mingdan ortiq TMKlar va ularning 270 mingdan ortiq shaxobchalari va sho’’ba korxonalari faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Jahondagi 500 dan ortiq eng yirik korporatsiyalarning 1/3 qismi esa AQShga tegishlidir.
Слайд 18

Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi Jahon xo’jaligida xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanish jarayonlarini

Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi

Jahon xo’jaligida xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanish jarayonlarini

ikkinchi omili - xalqaro mehnat taqsimoti tuzilmasidagi chuqur o’zgarishlardir (bu asosan ITI ta’sirida yuz beradi). Xalqaro mehnat taqsimoti atamasi, bir tomondan, mamlakatlarning ma’lum bir maxsulotlar ishlab chiqarishiga ixtisoslashuvini bildirsa, ikkinchi tomondan, ishlab chiqarish majburiyatlarning firma ichida va firmalararo taqsimlanishida o’z ifodasini topadi.
Слайд 19

Umumjahon ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy-texnika inqilobi (ITI) Umumjahon ahamiyatga ega bo’lgan

Umumjahon ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy-texnika inqilobi (ITI)

Umumjahon ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy-texnik

inqilobning hozirgi bosqichi baynalminallashuvni ham bozor, ham ishlab chiqarish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishda muhim rol o’ynamoqda. ITI tashqi iqtisodiy aloqalarning ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi rolini oshishini ta’minlovchi muhim omildir. Xullas, ITIning rivojlanishi u yoki bu mamlakatda alohida bir ajralgan holda to’laqonli rivojlanib bora olmaydi.
Слайд 20

Milliy iqtisodiyotda ochiqlik darajasini kuchayishi Jahon xo’jaligida mamlakatlarning iqtisodiy aloqalarga yanada

Milliy iqtisodiyotda ochiqlik darajasini kuchayishi

Jahon xo’jaligida mamlakatlarning iqtisodiy aloqalarga yanada chuqurroq

kirib borishida milliy davlatlar iqtisodiyotining ochiqlik darajasi muhim rol o’ynamoqda. Turli mamlakatlarga tegishli firmalarning kooperatsiyalashuvi natijasida ishlab chiqarish va investitsiyalar sohasida yirik xalqaro muammolar kelib chiqmoqda. Milliy davlatlarda ochiq iqtisodiyotning shakllanishida eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarishini rag’batlantirish ishlari bo’yicha olib borilayotgan tashqi iqtisodiy strategiyasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunda, albatta xorijiy mamlakatlardan kapital va ilmiy - texnologiyalar, malakali kadrlarning kirib kelishiga imkon beruvchi xuquqiy asoslarni yaratilishi ham katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Слайд 21

Xalqaro iqtisodiy integratsiya: jahon mamlakatlarida ro’y berayotgan chuqur xo’jalik va ijtimoiy-siyosiy

Xalqaro iqtisodiy integratsiya:

jahon mamlakatlarida ro’y berayotgan chuqur xo’jalik va ijtimoiy-siyosiy birlashuv

sohasidagi jarayonlar;
mustahkam iqtisodiy o’zaro aloqadorlik;
milliy xo’jalikdagi mehnat taqsimoti;
turli daraja va shaklda ro’y berayotgan ishlab chiqarishdagi o’zaro iqtisodiy hamkorliklar tushuniladi.
Слайд 22

Xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar natijasida bir butun valyuta birligiga, moliyaviy byudjetga,

Xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar natijasida bir butun valyuta birligiga, moliyaviy byudjetga,

davlatlararo yoki millatlararo boshqaruvga asoslangan mintaqaviy xo’jalik tarmoqlar tashkil topishi mumkin (EI tashkiloti, NAFTA, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari kabi).
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy ko’rinishlaridan biri, savdo sohalarida erkin iqtisodiy zonalarni tashkil topishi bo’lsa, iqtisodiy integratsiyaning murakkab ko’rinishlaridan biri esa tashqi savdo tariflari asosida muhim rol o’ynayotgan bojxona ittifoqlarini vujudga kelishidir.
Слайд 23

Xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar natijasidagi qulayliklar: xo’jalik sub’ektlarini ko’plab resurslar bilan

Xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar natijasidagi qulayliklar:

xo’jalik sub’ektlarini ko’plab resurslar bilan

(mehnat va yangi texnik-texnologik materiallar) ta’minlash bilan bir vaqtda jahon bozorlariga mos, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi;
xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlarda qatnashuvchi barcha davlatlarni iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatidan bir-biriga yaqinlashtiradi;a’zo davlatlarni dunyo mamlakatlari tomonidan ruy berishi mumkin bo’lgan turli to’siq va raqobatdan himoya qiladi:
xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlarda ishtirok etuvchi davlatlar o’rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy muammolarni hal etish imkoniyatini beradi. Shunday qilib, xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlarni borishi iqtisodiy rivojlanish va yuksalishdan orqada qolayotgan mintaqalarni, rayonlarni rivojlanishiga, xalqaro mehnat bozorlaridagi ahvolni yaxshilanishiga, iqtisodiy kam ta’minlangan aholini esa iqtisodiy ta’minotini yaxshilanishiga imkon tug’diradi.
Слайд 24

Milliy iqtisodiy integratsiya afzalliklariga quyidagilar kiradi: - mineral, qishloq xo’jaligi va

Milliy iqtisodiy integratsiya afzalliklariga quyidagilar kiradi:
- mineral, qishloq xo’jaligi va energetika

xom ashyosining barcha turlari bilan mintaqaning to’liq o’zini o’zi ta’minlashi; birgalikdagi qudratli eksport salohiyati;
- kooperatsiya va qo’shma investitsiyalar asosida raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish imkonini beruvchi jami ishlab chiqarish salohiyati;
- ta’lim darajasining yuqoriligi va ish kuchining past qiymati bilan xarakterlanadigan mehnat resurslari;
- bir tomondan, Rossiya va Yevropa bilan, ikkinchi tomondan, Sharq mamlakatlari o’rtasidagi qulay jug’rofiy-siyosiy mavqei;
- suv resurslaridan va boshqa tabiiy resurslardan birgalikda oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikka erishish imkoniyati.
Слайд 25

Respublika tashqi siyosatini amalga oshirishning asosiy tamoyillari teng huquqlilik va o’zaro

Respublika tashqi siyosatini amalga oshirishning asosiy tamoyillari teng huquqlilik va o’zaro

manfaatdorlik negizida qurilsa, uning qoidalari ikki tomonlama va ko’p tomonlama shartnoma munosabatlarida o’zaro manfaatli aloqalar o’rnatish, xalqaro iqtisodiy ittifoqlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga asoslanadi.
O’zbekistonning xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo’jalik aloqalarida ishtirok etishning asosi ochiq turdagi iqtisodiyotni vujudga keltirishdir. Shu sababli respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin qisqa davr ichida 80 dan ortiq davlat bilan diplomatiya munosabatlarini o’rnatdi, dunyoning 20 dan ortiq davlatida diplomatiya elchixonalarini ochdi, ko’pgina xalqaro tashkilotlar – BMT iqtisodiy muassasalari, Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko’maklashuvchi tashkilot kabi boshqa xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo’lib kirdi.
Слайд 26

O’zbekistonning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida to’xtalib, Birinchi

O’zbekistonning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida to’xtalib, Birinchi

Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan edi:
“Integratsiya haqida gapirar ekanmiz, manfaatlar birikuvining xilma-xil mexanizmlari va shakllari hamda integratsiya turlari mavjudligiga asoslanamiz. Bunga sherikchilik va hamkorlik qilishga intilayotgan mamlakatlarning boshlang’ich shart-sharoitlari turlichaligi sababdir. O’zbekiston bir vaqtning o’zida turli darajalarda – dunyo miqyosida va mintaqa ko’lamida – integratsiya jarayonlarida qatnashsa-da, ammo bir muhim qoidaga: bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi. Shu sababli O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuvi serqirra jarayondir”.
Слайд 27

Bugungi kunda O’zbekistonning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi ko’p darajali tizim sifatida amal

Bugungi kunda O’zbekistonning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi ko’p darajali tizim sifatida amal

qilib, uni quyidagi beshta darajaga ajratish mumkin:
global;
transkontinental;
mintaqalararo;
mintaqaviy;
mahalliy.
Слайд 28

O’zbekistonning global darajada amalga oshiriluvchi strategik integratsion vazifasi – bu mamlakatdagi

O’zbekistonning global darajada amalga oshiriluvchi strategik integratsion vazifasi – bu mamlakatdagi

barcha xo’jalik sub’ektlarining tashqi bozor bilan o’zaro aloqasini ta’minlash uchun teng huquqli va milliy manfaatlarga mos keluvchi shart-sharoitlarni yaratish asosida uning xalqaro valyuta-moliya va savdo mexanizmlariga bevosita qo’shilishidir. O’zbekistonning BMT, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OBSE), Yevropa hamjamiyati, Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) kabi tashkilotlar faoliyatidagi faol ishtiroki uning jahon xo’jaligiga yanada kengroq integratsiyalashuvini ta’minlaydi.
Слайд 29

O’zbekistonning transkontinental darajada amalga oshiriluvchi integratsion vazifasi – bu xalqaro transosiyo

O’zbekistonning transkontinental darajada amalga oshiriluvchi integratsion vazifasi – bu xalqaro transosiyo

Iqtisodiy xamkorlik tashkiloti (EKO) doirasidagi o’zaro aloqalarni yanada kuchaytirishdan iborat. Bu tashkilot 1992 yilda tashkil etilgan bo’lib, o’z ichiga Osiyo qit’asining 10 ta davlati (Turkiya, Eron, Pokiston, Afg’oniston, O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Ozarbayjon)ni oladi. Uning asosiy maqsadi – xo’jalikning transport, kommunikatsiyalar, sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo, turizm, ishchi kuchi resurslarini rivojlantirish kabi sohalarida mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’yishdan iborat.
Слайд 30

O’zbekistonning mintaqalararo darajada yangi mustaqil davlatlar – MDH mamlakatlari bilan integratsiyaga

O’zbekistonning mintaqalararo darajada yangi mustaqil davlatlar – MDH mamlakatlari bilan integratsiyaga

kirishadi. O’zbekiston birinchilar qatorida MDHni tashkil etish g’oyasini qo’llab-quvvatladi, uning tashkilotchilari tarkibiga kirdi, integratsion va kooperatsion aloqalarini mustahkamlash hamda uning Xalqaro iqtisodiy qo’mita (MEK), Davlatlararo bank (MGB), MDH Statistika qo’mitasi kabi institutsional tuzilmalarini shakllantirishda faol ishtirok etmoqda.
Слайд 31

O’zbekistonning mintaqaviy darajadagi integratsiyasi – bu umumiy tarixga, yagona madaniy an’analarga,

O’zbekistonning mintaqaviy darajadagi integratsiyasi – bu umumiy tarixga, yagona madaniy an’analarga,

o’xshash turmush tarzi va mentalitetga ega bo’lgan qardosh xalqlarni birlashtiruvchi Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat. Bunday integratsion aloqaning aniq shakli sifatida 1992 yilning yanvar oyida tashkil etilgan Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorligi (TsARS) tashkil etildi.
Yana bir istiqbolli, kuchli salohiyatga ega bo’lgan mintaqaviy birlashmalardan biri – Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShOS)dir. Bu tashkilot 2001 yilning 15 iyunida oltita – O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Rossiya va Xitoy mamlakatlari hamkorligida tashkil etildi.
Слайд 32

Модернизация “Модернизация – ишлаб чиқарилаётган маҳсулотлар (иш ва хизматлар) рақобатбардошлигини оширишга

Модернизация

“Модернизация – ишлаб чиқарилаётган маҳсулотлар (иш ва хизматлар) рақобатбардошлигини оширишга йўналтирилган

ишлаб чиқаришни технологик янгиланиш жараёнидир.
У корхоналарнинг технологик қолоқлигини бартараф этиш воситаси бўлиб, меҳнат, моддий ва хом ашё ресурсларидан самарали фойдаланиш даражасига кескин таъсир кўрсатади. Модернизация, техник ва технологик янгилаш натижалари юқори технологик, рақобатбардош ишлаб чиқаришнинг жадал ривожланиш шартини белгилаб беради”.
Слайд 33

Диверсификация Диверсификация лотинча (diversificatio)дан олинган бўлиб, ўзгартириш, хилма-хиллик деган маънони беради.

Диверсификация

Диверсификация лотинча (diversificatio)дан олинган бўлиб, ўзгартириш, хилма-хиллик деган маънони беради.
Диверсификация

- бу ишлаб чиқарилаётган маҳсулот ассортименти, яъни турини кўпайтириш, янги истеъмол бозорларини излаб топиш, ишлаб чиқаришнинг янги кўринишларини ўзлаштириш. Бундан кўзланган асосий мақсад эса ишлаб чиқариш самарадорлигини ошириш, иқтисодий фойда кўриш, инқироз хавфининг олдини олиш ҳисобланади.
Слайд 34

Маълумотларга кўра, айни вақтда жаҳонга ўзининг мобиль телефонлари билан машҳур бўлган

Маълумотларга кўра, айни вақтда жаҳонга ўзининг мобиль телефонлари билан машҳур бўлган

«Nokia» компанияси ўз фаолиятини қоғоз ишлаб чиқаришдан бошлаган. Кейинчалик резина маҳсулотлари тайёрлаш йўлга қўйилган. Вақт ўтиб, кабель ишлаб чиқариш ҳам ўзлаштирилган. XX асрнинг 90-йилларига келибгина компания электроника маҳсулотлари ишлаб чиқаришни бошлаган. Мутахассисларнинг фикрича, «Nokia» ҳозирги мавқеига пухта ўйланган диверсификация стратегияси орқали эришган.
Слайд 35

Tashqi iqtisodiy aloqalarni o’rnatishda quyidagi diversifikatsion tamoyillarga e’tibor qaratish ijobiy samara

Tashqi iqtisodiy aloqalarni o’rnatishda quyidagi diversifikatsion tamoyillarga e’tibor qaratish ijobiy samara

berishi mumkin:
- tashqi iqtisodiy aloqalarni iloji boricha ko’proq va mintaqaviy jihatdan turlicha bo’lgan mamlakatlar bilan o’rnatish lozim;
- eksport tarkibini turlicha mahsulotlar tashkil etishi lozim;
- bir xil turdagi maxsulot yoki xizmatni bir vaqtning o’zida jahonning turlicha qit’alarida joylashgan davlatlarga eksport qilish lozim;
- iqtisodiyot uchun zarur bo’lgan import mahsulotlari ham eksport siyosatida amal qiladigan tamoyil sifatida amalga oshirilishi lozim;
-jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv jarayonini tashkil etishda turli mamlakatlar tajribasini o’zimizni sharoitga moslashtirgan holatda amalga oshirish lozim.
Слайд 36

Iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari: 1. Erkin savdo hududi. Uning doirasida qatnashuvchi

Iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari:

1. Erkin savdo hududi.
Uning doirasida qatnashuvchi mamlakatlar o’zaro

savdo to’siqlarini bekor qiladilar, lekin ularning har ikkalasi uchinchi mamlakatlarga nisbatan savdo to’siqlarini buzmaydi. Bunday hududda qatnashuvchi mamlakatlar chegaralaridagi bojxona nazorati saqlab qolinishi kerak.
Uning maqsadi - qo’shni qatnashchi mamlakatlarning sustroq bojxona to’sig’i orqali uchinchi mamlakatlardan hududga kirib keluvchi import mollar uchun soliq undirish yoki uni ta’kiklashdan iborat
Слайд 37

Iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari: 2. Bojxonalar ittifoqi. Bunda qatnashchi mamlakatlar o’zaro

Iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari:

2. Bojxonalar ittifoqi.
Bunda qatnashchi mamlakatlar o’zaro savdoda

barcha cheklanishlarni bartaraf etibgina qolmay, tashqi savdo to’siqlarining yagona tizimini ta’sis etadilar. Bu bilan ichki chegaralarda bojxona xizmatini saqlash zaruriyatini soqit qiladilar. Evropa ittifoqi (EI) bojxona ittifoqiga misoldir. Evropa ittifoqiga 1958 yilda asos solingan bo’lib, 1993 yilga kelib u G’arbiy Evropadagi 12 mamlakatni birlashtirdi. Bu uyushmaninig asosiy vazifasi ishtirokchi mamlakatlar doirasida resurslar, tovarlar va xizmatlar xarakatini milliy chegaradan xoli ravishda erkin ko’chib yurishini ta’minlash, umummiy bozorni vujudga keltirish, bozor vositasida tovarlarni davlatlararo taqsimlab, aholi talab-ehtiyojini qondirishdir.
Слайд 38

Iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari: 3. Umumiy bozor. Uning doirasidagi qatnashchilar savdodan

Iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari:

3. Umumiy bozor.
Uning doirasidagi qatnashchilar savdodan tashqari

ishlab chiqarish omillarining barchasini bemalol ko’chirish (ishchi kuchi va sarmoya migratsiyasi) erkinligiga ham ega bo’ldilar. Bunga yana o’sha Evropa iqtisodiy ittifoqi yoki Evropa umumiy bozori misol bo’la oladi. Uning hozirgi rasmiy nomi - Evropa ittifoqidir.
Слайд 39

Iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari: 4. To’la iqtisodiy ittifoq. Bunda qatnashchi mamlakatlar

Iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari:

4. To’la iqtisodiy ittifoq.
Bunda qatnashchi mamlakatlar o’z

iqtisodiy siyosatlarini, shu jumladan, pul, soliq va ijtimoiy siyosatni, shuningdek, savdoga hamda ishchi kuchi va sarmoya oqimiga taalluqli siyosatni bir xillashtiradi.
Слайд 40

Jahon xo’jaligida har qanday davlat, u hoh kichik hoh katta bo’lsin,

Jahon xo’jaligida har qanday davlat, u hoh kichik hoh katta bo’lsin,

iqtisodiy integratsiyasiz tez rivojlana olmaydi. Buni jahonning ko’pgina davlatlari o’z tajribalarida isbotlashdi. O’zbekiston Respublikasining siyosati ham yuqoridagilarga erishishdir. Chunki iqtisodiy integratsiya mamlakatimiz iqtisodiyotiga bevosita ta’sir etadi. Jumladan:
- tovar, kapitallar, xizmatlar erkin xarakat qiladi;
- raqobat kuchayadi;
- ishlab chiqarishda samaradorlik ortadi;
- sifatli va arzon tovarlar ishlab chiqariladi;
- iste’molchilarning talabi ortib boradi;
- taklif qilinadigan tovarlarning nomenklaturasi ortadi;
- bozorlarning rivojlangan shakllari paydo bo’lib, umumiy bozorlar tashkil qilinadi;
- ishsizlik darajasi pasayadi;
- milliy iqtisodiyotdagi farqlar yo’qolib boradi;
- yangi va kuchli umumiy iqtisodiyot shakllanadi;
- milliy iqtisodiyot rivojlanib boradi;
- kishilarning turmush farovonligi yaxshilanadi va x.k.lar.
Слайд 41

Iqtisodiy integratsiya bir tomondan, yangi texnologiyalardan xorijiy sarmoyalardan foydalanish orqali milliy

Iqtisodiy integratsiya bir tomondan, yangi texnologiyalardan xorijiy sarmoyalardan foydalanish orqali milliy

iqtisodiyotni tezda o’stirishga ko’maklashsa, boshqa tomondan, O’zbekistonning boy resurslari va ishlab chiqarish imkoniyatlarining jahon xo’jaligiga ko’shilishi, uning umumjahon iqtisodiy imkoniyatlarini kuchaytiradi.
Integratsiya – O’zbekiston Respublikasining jahon xo’jaligi tizimiga kirib borshini tezlashtiradi. Shuning uchun ham O’zbekiston iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlarning borishi muhim o’rin tutmoqda.
Слайд 42

Ўзбекистоннинг жаҳон ҳамжамиятига кириб бориши БМТнинг республикада амалга ошираётган иқтисодий, таълим,

Ўзбекистоннинг жаҳон ҳамжамиятига кириб бориши БМТнинг республикада амалга ошираётган иқтисодий, таълим,

соғлиқни сақлаш, маданият, фан соҳаларида амалга оширилаётган лойиҳаларида ҳам намоён бўлади. Европа Иттифоқига аъзо бўлган мамлакатлар билан иқтисодий ва савдо соҳасидаги ҳамкорлик, НАТОнинг «Тинчлик йўлидаги шериклик» дастурида мамлакатимиз иштироки унинг жаҳон хўжалиги қўшилишнинг навбатдаги йўналишидир.
Ўзбекистоннинг Халқаро валюта фонди ва жаҳон банки билан ҳамкорлиги ташқи иқтисодий фаолиятини амалга оширишдаги навбатдаги йўналишдир. Бу йўналишда ХВФ билан тизимли қайта қурилишларни маблағ билан таъминлаш, тизимли ва макроиқтисодий сиёсат соҳасидаги тадбиркорларни қўллаб-қувватлаш дастурлари мақулланди.
Слайд 43

Слайд 44

Xalqaro valyuta fondi Xalqaro valyuta fondi (XVF) 1945 yilda tashkil etilgan.

Xalqaro valyuta fondi

Xalqaro valyuta fondi (XVF) 1945 yilda tashkil etilgan. XVFning

maqsadi a’zo mamlakatlar valyuta-moliya siyosatini muvofiqlashtirish, to’lov balansini tartibga solish va valyuta kursining barqarorligini qo’llab-quvvatlash uchun qarz berish hisoblanadi. Buning uchun fond to’lov balansida qiyinchiliklar sezayotgan o’z a’zolarini moliyalashtiradi, ularning xo’jalik yuritish usullarini yaxshilashga qaratilgan texnik yordam ko’rsatadi.
Слайд 45

Слайд 46

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB)

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) —

Umumjahon banki guruhining asosiy tashkiloti bo’lib, o’rta va kam daromadli, to’lov qobiliyatiga ega mamlakatlar hukumatlariga qarz beradi. XTTB 1944 yilda tashkil etilgan va hozirda a’zo mamlakatlar soni 186tani tashkil etadi.
XTTBning maqsadi — a’zo-mamlakatlar iqtisodiyotini qayta tiklashga va rivojlanishiga kapital qo’yilmalar berish, investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish orqali qo’llab-quvvatlash, to’lov balansi muvozanatini ta’minlashga qaratilgan qarz berishdan iborat.
XTTB a’zo mamlakatlarga hukumat kafolati asosida qarz beradi. Qarzni odatda 10-15 yil muddatga 5 yil imtiyozli davr bilan ajratiladi. XTTBning foiz stavkasi har 6 oyda o’zgaradi va o’rtacha 7% atrofida belgilanadi. Yirik taraqqiy etgan mamlakatlar, xususan, bankning 5 ta eng yirik aktsionerlari qarz olishi mumkin emas.
Слайд 47

Jahon bankining O’zbekistonda amalga oshirgan yirik loyihalari,mln.dol.

Jahon bankining O’zbekistonda amalga oshirgan yirik loyihalari,mln.dol.

Слайд 48

Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA) — 1960 yilda tashkil

Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi

Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA) — 1960 yilda tashkil etilgan

bo’lib, unga a’zo mamlakatlar soni 169 tani tashkil etadi. XTA uzoq muddatga foizsiz, kredit ko’rinishida qarz va deyarli bozor shartlari bo’yicha qarz olish imkoniga ega bo’lmagan dunyoning eng past daromadli 82ta mamlakatlariga grantlar beradi. XTA kredit operatsiyalarini donor mamlakatiga badallari, XTTBning sof foydasini o’tkazish, XMKning grantlari va uyushma tomonidan ajratgan kreditlaridan keladigan tushumlar hisobiga moliyalashtiriladi
XTAning maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarga imtiyozli kreditlar berishdan iborat bo’lib, XTA kreditlari 10 yillik imtiyozli davrni kamrab olgan holda 35 — 40 yilga beriladi. Kreditlar hajmi SDRda aks ettiriladi, lekin moliyalashtirish loyiha xarajatlari amalga oshiriladigan valyutada beriladi. Olingan qarz bo’yicha foiz hisoblanmaydi, ammo kredit bo’yicha xizmat ko’rsatishdan kreditning 0,75% miqdorida komissiya haqi olinadi. Jahon hamjamiyati XTAni kam rivojlangan mamlakatlarga yordam beruvchi eng samarali tashkil etilgan moliya instituti sifatida tan oladi.
Слайд 49

Xalqaro moliya korporatsiyasi Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) 1956 yilda rivojlanayotgan mamlakatlar

Xalqaro moliya korporatsiyasi

Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) 1956 yilda rivojlanayotgan mamlakatlar xususiy

sektorini qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. A’zo mamlakatlar soni 182 tani tashkil etadi.
XMKning asosiy vazifasi bo’lib, rivojlanayotgan mamlakatlarda xususiy investor va moliya institutlariga kapitalni samarali joylashtirishga ko’maklashishda vositachilik qilish hisoblanadi. XMK bozor holatiga yaqin shartlar bo’yicha 3 yildan 15 yilgacha qarz beradi. Qariyb 80% passivlari moliya bozorlaridan jalb etiladi, qolgan 20%i esa XTTBdan qarzga olinadi. Odatda, XMK boshqa investorlar ishtirokidagi loyihalarni moliyalashtiradi, uning ulushi 25-35%ni tashkil qiladi. Birgalikdagi moliyalashtirish XMK faoliyatining o’ziga xos jihati bo’lib, qarz berishdan tashqari, xususiy korxonalar kapitaliga ham pul qo’yishni amalga oshirishda namoyon bo’ladi.
Слайд 50

Слайд 51

Investitsiyalarni kafolatlash bo’yicha ko’p tomonlama agentlik Investitsiyalarni kafolatlash bo’yicha ko’p tomonlama

Investitsiyalarni kafolatlash bo’yicha ko’p tomonlama agentlik

Investitsiyalarni kafolatlash bo’yicha ko’p tomonlama agentlik

(IKXA) — 1988 yilda a’zo mamlakatlarga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirishda ko’mak berish maqsadida tashkil etilgan. Hozirda agentlikka 174ta mamlakat a’zo bo’lib, jami ajratilgan kafolatlari hajmi 20,9 mlrd. dollarga teng.
Ushbu agentlik rivojlanayotgan mamlakatlarga yo’naltirilgan TTXIni rag’batlantirish maqsadida siyosiy risklardan sug’urtalash yoki kafolatlash xizmatlarini taklif etadi.
Слайд 52

Investitsion da’volarni tartibga solishning xalqaro markazi Investitsion da’volarni tartibga solishning xalqaro

Investitsion da’volarni tartibga solishning xalqaro markazi

Investitsion da’volarni tartibga solishning xalqaro markazi

(IDTSM) — 1966 yilda tashkil etilgan bo’lib, maqsadi xorijiy investorlar va investitsiyalarni jalb etuvchi mamlakatlar o’rtasida yuzaga kelgan xalqaro investitsion nizolarni arbitraj ko’rib chiqish va tartibga solish mexanizmini ta’minlab berishdan iboratdir. Bundan tashqari ushbu markaz xorijiy investitsiyalar to’g’risidagi qonunchilik aktlari va xalqaro nizolarni arbitraj tartibga solish sohasida tadqiqot ishlarini olib boradi.
Слайд 53

Слайд 54

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB)

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) —

1991 yilda tashkil topgan va unga 56 ta mamlakat a’zo. YeTTB Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga bozor iqtisodiyotiga o’tish bo’yicha islohotlarni o’tkazishda ko’maklashadi. YeTTBning asosiy faoliyat doirasi quyidagilardan iborat:
infratuzilmani rivojlantirish;
turli xususiy va xususiylashtirilgan korxonalarning loyihalarini moliyalashtirish va kreditlash. Bunda resurslarning 60%i xususiy sektorga, 40%i davlat sektoriga mo’ljallangan;
xususiy kapital qo’yilmalariga kafolatlar berish;
iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini qayta qurish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
aniq loyihalarga maslahat-texnik yordam berish.
Слайд 55

Слайд 56

2007 йилда ЕТТБнинг Ўзбекистондаги инвестиция лойиҳаларига ажратган кредитлари, млн. евро

2007 йилда ЕТТБнинг Ўзбекистондаги инвестиция лойиҳаларига ажратган кредитлари, млн. евро

Слайд 57

Osiyo taraqqiyot banki Osiyo taraqqiyot banki (OTB) — 1966 yilda tashkil

Osiyo taraqqiyot banki

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) — 1966 yilda tashkil topgan

va unga 57 ta mamlakat (41 ta hududiy va 16 ta hududdan tashqari mamlakatlar) a’zo. OTBga a’zolik BMTning Osiyo va Tinch okeani bo’yicha iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo’iicha komissiyasidagi barcha mamlakatlar va Osiyo mintaqasidagi boshqa mamlakatlari (agar ular BMT yoki uning ixtisoslashgan agentliklariga a’zo bo’lsalar) uchun ochiq.. A’zolikda mavjud bunday keng imkoniyatlar OTBda Osiyo mintaqasidan tashqari mamlakatlar ulushining ortishiga olib keldi, ularga bank aktsiyalarining qariyb 37%i va ovozlarining 35%i to’g’ri keladi.
Yaponiya, AQSh, Xitoy, Hindiston, Avstraliya, Indoneziya, Kanada OTBning yirik aktsiyadorlari (aktsiyalar paketi 5%dan ko’p bo’lgan) hisoblanadi. Xitoy, Hindiston, Pokiston, Indoneziya, Bangladesh kabi mamlakatlar asosiy qarz oluvchi mamlakatlar sanaladi.
OTBning maqsadi Osiyo qitasidagi rivojlanayotgan mamlakatlarga iqtisodiy rivojlanishda ko’maklashishi, hududiy hamkorlikni rag’batlantirish, a’zo-mamlakatlarga texnik yordam ko’rsatish va ularning iqtisodiy siyosatini muvofiqlash-tirishdan iborat.
OTB transport va kommunikatsiya, energetik loyihalar, qishloq xo’jaligi va tabiiy resurslar, moliya, ijtimoiy infratuzilma sohalarini moliyalashtiradi.
Слайд 58

- кредит ҳисобидан импорт асбоб-ускуна ва технологияларни сотиб олишни молиялаштириш, ишчи

- кредит ҳисобидан импорт асбоб-ускуна ва технологияларни сотиб олишни молиялаштириш, ишчи

капиталнинг сублойиҳаларни молиялаштириш билан боғлиқ харажатларни қоплаш;

- лойиҳанинг маҳсулот экспортига мўлжалланганлиги;

- устав фондида давлат секторининг улуши 25%дан ошмаган хусусий сектор субъектларига кредит беради;

- кредитдан фойдаланиш максимал муддати – 8 йил, щундан 3 йили имтиёзли давр

- кредитнинг максимал миқдори 5 млн. АҚШ долларини, минимал миқдори 50 минг АҚШ долларини ташкил этади;

Осиё тараққиёт банки кредит линиясининг шартлари

Слайд 59

Осиё тараққиёт банки кредит линиясининг шартлари - қарз олувчининг лойиҳадаги иштироки

Осиё тараққиёт банки кредит линиясининг шартлари

- қарз олувчининг лойиҳадаги иштироки лойиҳа

умумий қийматининг 25%идан кам бўлмаслиги керак;

- кредит учун фоиз: ОТБ фоиз ставкаси + тижорат банк маржаси;

- кредитнинг таъминланганлиги кредит суммасининг 120%идан кам бўлмаслиги керак;

- кредит ажратишдан аввал қарз олувчи хорижий валютадаги молиявий харажатларни тўлаши талаб қилинади, яъни бир марталик воситачилик ҳақи, мажбуриятлар учун воситачилик ҳақи

- кредит АҚШ долларида (баъзи ҳолларда сўмда) ҳар олти ойда қайтарилади.

Слайд 60

OTBning O’zbekistonda yirik investitsion loyihalar uchun ajratayotgan kreditlarining tarmoq tarkibi

OTBning O’zbekistonda yirik investitsion loyihalar uchun ajratayotgan kreditlarining tarmoq tarkibi

Слайд 61

Islom taraqqiyot banki Islom taraqqiyot banki (ITB) — 1974 yilda tashkil

Islom taraqqiyot banki

Islom taraqqiyot banki (ITB) — 1974 yilda tashkil topgan.

Unga islom diniga e’tiqod qiluvchi 35 ta mamlakat, ya’ni Islom anjumanining deyarli barcha a’zolari kiradi. Nizom kapitalining miqdori OTB dan 5 marta kam.
ITBning maqsadi a’zo mamlakatlarning rivojlanish loyihalarini, tashqi savdoni kreditlash va savdo, sanoat kompaniyalari kapitallarini investitsiyalashdan iborat.
Слайд 62

ИТБнинг Ўзбекистондаги лойиҳалари

ИТБнинг Ўзбекистондаги лойиҳалари